Isroil mudofaa kuchlari matbuot kotibi ma’lumot berishicha, G‘azo shahrini 550 mingdan ziyod aholi evakuatsiya qilgan.
Bayonotda aytilishicha:
"Hozirga qadar 550 mingdan ziyod tinch fuqaro shaharni tashlab, janubiy hududlarga yo‘l oldi. Shu bilan birga, 162-, 98- va 36-diviziyalar G‘azo shahriga kirishni yakunlab, shahar ichida XAMASning qo‘rg‘onlariga qarshi operatsiyalarni boshladi."
Isroil armiyasiga ko‘ra, ular XAMASning “tinch aholining janubga ko‘chishini to‘sish” va “oddiy odamlarni terrorchilik harakatlari uchun tirik qalqon sifatida qo‘llash” urinishlarini aniqlagan.
Shuningdek, armiya Xon-Yunis shahrida gumanitar hudud tashkil etilganini ham ma’lum qildi.
"Isroil mudofaa kuchlari G‘azodagi aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida rasmiy ko‘rsatmalarga amal qilishga va xavfli deb belgilangan joylarni tark etishga chaqiradi," — deya bayonot yakuniga qo‘shildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!