Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron BMT yig‘ilishida mamlakati Falastin davlatini tan olganini e’lon qildi. U G‘azodagi urushni to‘xtatish va tinchlik o‘rnatish kerakligini aytdi.
Fransiya va Saudiya Arabistoni BMTda ikki davlatli yechim bo‘yicha sammit o‘tkazdi. Yevropaning bir nechta davlatlari ham Falastinni tan olish rejasini bildirdi.
Makron garovdagilarni ozod qilish va G‘azoda tinchlikni tiklash muhimligini ta’kidladi. Yevropa Ittifoqi esa G‘azoni qayta qurish uchun yangi moliyaviy yordam mexanizmini tuzishini ma’lum qildi.
Isroil bu qarorni tanqid qildi. Falastin rahbari Mahmud Abbos esa sulh zarurligini aytib, Hamas G‘azo boshqaruvida qatnashmasligini bildirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar