date

Kolumbiya prezidenti AQSh hujumlarini qoraladi

Kolumbiya prezidenti AQSh hujumlarini qoraladi

Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro AQShning Karib dengizida giyohvand moddalar tashishda gumon qilingan qayiqchilarga uyushtirgan havo hujumlarini “zulm harakati” deb atadi. Unga ko‘ra, agar hujumlarda kolumbiyaliklar halok bo‘lgani tasdiqlansa, AQSh rasmiylari javobgarlikka tortilishi kerak.

AQSh prezidenti Donald Tramp bu operatsiyalarni noqonuniy moddalar oqimini to‘xtatish uchun zarur deb atagan. Rasmiylarga ko‘ra, hujumlar boshlanganidan beri kamida 17 kishi halok bo‘lgan. Huquqshunoslar esa buni xalqaro qonunlarga zid deb baholamoqda.

Petro giyohvand moddalar tashishda gumon qilingan qayiqchilarni o‘ldirish shart emasligini aytdi. “Qayiqni to‘xtatib, odamlarni hibsga olish mumkin edi, bu esa o‘ldirish emas”, dedi u. BMT mutaxassislari ham bu hujumlarni noqonuniy qatl sifatida tanqid qildi.

Kolumbiya prezidenti Tramp siyosatini ham tanqid qildi. Petro AQSh harbiy kuchlarining mintaqada kuchayishini xavfli deb atadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kolumbiya prezidenti AQSh hujumlarini qoraladi