date

Jahonda eng uzoq va qisqa umr ko‘rish davlatlari e’lon qilindi

Jahonda eng uzoq va qisqa umr ko‘rish davlatlari e’lon qilindi

Visualcapitalist portali mutaxassislari BMTning rasmiy ma’lumotlariga asoslangan holda mamlakatlarning o‘rtacha umr ko‘rish ko‘rsatkichlari bo‘yicha yangi infografika tayyorladi. Bu tahlil natijalari turli mintaqalarda inson umri qay darajada farq qilishini yaqqol ko‘rsatib berdi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti statistikasiga ko‘ra, dunyoda eng uzoq umr ko‘rish natijasi Monakoga to‘g‘ri keladi. Bu mamlakatda odamlar o‘rtacha 86,5-yil yashashadi. Ro‘yxatning yuqori pog‘onalarida San-Marino (85,8-yil) va Hongkong (85,6-yil) ham bor. Ushbu mamlakatlarda tibbiy xizmatning yuqori darajasi, turmush tarzi va iqtisodiy barqarorlik aholining uzoq umr ko‘rishida asosiy omil sifatida qayd etilmoqda.

Biroq ro‘yxatning quyi qismida mutlaqo boshqa manzara kuzatiladi. Afrikadagi ayrim davlatlarda aholi umri juda qisqa. Masalan, Nigeriyada bu ko‘rsatkich atigi 54,6-yilni tashkil etgan. Chad (55,2-yil) va Markaziy Afrika Respublikasida (57,7-yil) ham shunga o‘xshash holat qayd etilgan. Muttaxassislarning fikricha, bunday past ko‘rsatkichlarga qashshoqlik, tibbiy xizmatning zaifligi va siyosiy beqarorlik asosiy sabab bo‘lmoqda.

Rossiya 73,3-yillik ko‘rsatkich bilan jahon reytingida 102-o‘rinni egalladi. Bu ko‘rsatkich bilan u AQSH (79,5-yil) va Xitoy (78-yil)dan orqada qoldi. Ekspertlar Rossiyada o‘rtacha umr ko‘rishning pastroq bo‘lishiga salomatlik tizimidagi muammolar va aholining turmush tarzi ta’sir ko‘rsatmoqda, deb ta’kidlaydi.

Yakuniy xulosalar shuni ko‘rsatmoqdaki, dunyoda inson umri turli mintaqalarda katta farq bilan namoyon bo‘lmoqda. Rivojlangan davlatlarda bu ko‘rsatkich yuqori bo‘lsa, ayrim rivojlanayotgan mamlakatlarda aholi umri keskin qisqargan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Jahonda eng uzoq va qisqa umr ko‘rish davlatlari e’lon qilindi