date

AQSh Kolumbiya prezidentining vizasini bekor qildi

AQSh Kolumbiya prezidentining vizasini bekor qildi
AQSh Kolumbiya Prezidenti Gustavo Petroning vizasini bekor qildi. Bu Petro AQSh askarlarini Donald Trampning buyruqlariga bo‘ysunmaslikka chaqirgani ortidan sodir bo‘ldi. Davlat departamenti uning so‘zlarini “xavfli va qo‘zg‘atuvchi” deb atadi.

Petro BMT yig‘ilishi uchun AQShda bo‘lgan va shu kunlarda Karib dengizida giyohvand moddalar tashuvchi kemalarga qarshi Tramp ma’muriyati tomonidan o‘tkazilgan hujumlarni tergov qilishni talab qilgan edi.

Nutqida Petro AQSh askarlarini insoniyatga qurolni qaratmaslikka chaqirib, “Trampning buyruqlariga bo‘ysunmaslikni” aytgan. AQSh esa bu so‘zlarni “askarlarni buyruqlarga bo‘ysunmaslik va zo‘ravonlikka chaqirish” deb tanqid qildi.

Petroning AQSh bilan munosabatlari so‘nggi oylar ichida sovuq tus olgan. Kolumbiya rahbari BMTdagi nutqida AQShning narkotikga qarshi harakatlarini tanqid qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSh Kolumbiya prezidentining vizasini bekor qildi