Rossiya barcha ehtimoliy tajovuzkor kuchlardan kuchliroq. Bu haqda mamlakat prezidenti Vladimir Putin juma kuni tashkil etilgan katta matbuot anjumanida xabar qildi, deya yozadi «Kun.uz» sayti.
«Hech kim AQShda – eng kuchli Harbiy kuchlar borligi haqida gapirmadi. Rossiya – istalgan agressordan kuchliroq», - deya aytib o‘tdi davlat rahbari The Wall Street Journal jurnalisti savoliga javob berarkan.
Avvalroq, AQSh davlat departamenti rasmiy vakili Jon Kirbi bu fikrga qo‘shilmasligi haqida ma’lum qilgandi. «O‘ylashimcha, Qo‘shma Shtatlar Harbiy kuchlaridagi professionallik, bilim va imkoniyatlar borasida umuman bahs qilish yarashmaydi», - deya ta’kidlab o‘tdi u.
Putin 22 dekabr kuni Mudofaa vazirligi kollegiyasining kengaytirilgan yig‘ilishida Rossiyaning harbiy ustunligi haqida ma’lum qilgandi. Uning ta’kidlashicha, mamlakat armiya va flotni modernizasiya qilish, qo‘shinlarni tayyorlashdagi ishlarni jadallik bilan olib borishi kerak. Aks holda, uning so‘zlariga ko‘ra, «vaziyat dunyoda sodir bo‘layotgan hodisalarni hisobga olgan holda tezkorlik bilan o‘zgarishi mumkin». “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi