Xitoyda sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Tan Jenszyan poraxo‘rlik jinoyatida ayblanib, ikki yilga kechiktirilgan o‘lim jazosiga hukm qilindi. Bu haqda NHK telekanali xabar tarqatdi.
Sud qaroriga ko‘ra, u siyosiy huquqlardan umrbod mahrum qilindi, barcha shaxsiy mulklari hamda noqonuniy yo‘l bilan orttirilgan daromadlari davlat foydasiga musodara qilinadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Tan Jenszyan 2007 yildan 2024 yilgacha markaziy va mahalliy darajadagi turli yuqori lavozimlarda ishlagan. Shu yillar davomida u shartnomalar tuzish, xo‘jalik ishlari va kadrlar masalalarida yordam ko‘rsatish bahonasida tashkilotlar hamda shaxslardan pora olib kelgan. Uning olgan porasi jami 268 million yuan (taxminan 38 million dollar)dan ortiqni tashkil etgan.
Sud jarayonida sobiq vazir aybiga to‘liq iqror bo‘ldi va qilmishidan afsuslanishini bildirdi. Shuni hisobga olgan sud hukm ijrosini ikki yilga kechiktirdi. Bu degani, mahkum shu muddat ichida yana jinoyatga qo‘l ursa o‘lim jazosi ijro etiladi, agar yo‘q bo‘lsa — jazo umrbod qamoq bilan almashtiriladi.
Xitoyda sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri poraxo‘rlik uchun o‘limga hukm qilindi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar