date

Isroil Bosh vazir Dohada sodir etilgan havo hujumi uchun uzr so‘radi

Isroil Bosh vazir Dohada sodir etilgan havo hujumi uchun uzr so‘radi
Qatar Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qilishicha, Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQSH safari davomida Qatar rahbarlari bilan telefon orqali muloqotda 9 sentyabrda Dohada sodir etilgan havo hujumi uchun uzr so‘radi.

Bayon etilganidek, muloqot Oq uydagi uchrashuv paytida amalga oshgan. Netanyaxu bunday zarbalar qayta takrorlanmasligini va’da qilgan. Qatar bosh vaziri Muhammad bin Abdulrahmon Ol Soniy esa mamlakat suvereniteti va xavfsizligi buzilishiga yo‘l qo‘yilmasligini keskin ta’kidladi.

Bayonnomada qayd etilishicha, AQSH prezidenti Donald Tramp Qatarning mintaqaviy va xalqaro vositachilikdagi rolini yuqori baholagan. Shuningdek, Qatar G‘azodagi urushni tugatish bo‘yicha Tramp tashabbusidagi sa’y-harakatlarga qo‘shilishga tayyorligini ma’lum qilgan.

Hujum oqibatida olti kishi halok bo‘lgan: XAMAS siyosiy byurosi a’zosi Xalil al-Hayining o‘g‘li, to‘rt a’zo va bir politsiya xodimi. Keyinchalik Netanyaxu bu kabi voqealarning oldini olish uchun choralar ko‘rilganini bildirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroil Bosh vazir Dohada sodir etilgan havo hujumi uchun uzr so‘radi