date

Qozog‘iston va Telegram sun’iy intellekt bo‘yicha yangi kelishuv tuzdi

Qozog‘iston va Telegram sun’iy intellekt bo‘yicha yangi kelishuv tuzdi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Digital Bridge 2025 xalqaro forumi doirasida Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov bilan uchrashdi.

Uchrashuv chog‘ida ta’lim, sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik sohalaridagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Prezident messenjerning mamlakat raqamli kun tartibini rivojlantirishdagi faoliyatini yuqori baholadi.

Pavel Durovning kompaniyasi rasman Astana Hub a’zosiga aylanib, Qozog‘istonda o‘z ofisini ochdi va AIem.Ai markazida sun’iy intellekt laboratoriyalarini ishga tushirdi. Ushbu markazning yangi texnologiyalar va ilm-fanning taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi alohida ta’kidlandi.

Durov o‘z navbatida, Qozog‘iston rahbariga sun’iy intellekt sohasidagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini taqdim etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘iston va Telegram sun’iy intellekt bo‘yicha yangi kelishuv tuzdi