Illinoys shtati ma’muriyati hamda Chikago shahar hokimligi AQSH prezidenti Donald Trampga qarshi rasman sud da’vosi kiritdi. Bu qaror Trampning ilgari Illinoys hududiga 300 nafar Milliy gvardiya askarini yuborish haqidagi farmoni bilan bog‘liq.
Manbalarning qayd etishicha, mahalliy hokimiyat bu harakatni shtat vakolatlariga aralashish deb baholagan va bu qarorni noqonuniy, federal hukumatning haddan tashqari aralashuvi sifatida ko‘rgan.
Sud ishlarida javobgar sifatida prezidentning o‘zi bilan bir qatorda Ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noyem va Mudofaa vaziri Pit Hegset ham ishtirok etmoqda.
Hozirda federal va shtat darajasida huquqiy bahs davom etmoqda. Ekspertlar bu ish AQSHdagi federalizm va mahalliy hokimiyat munosabatlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ta’kidlamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!