Olmaota shahri sudi Qozog‘iston fuqarosi Timur Praliyevni 5-yilga ozodlikdan mahrum qilish haqida qaror chiqardi. Orda portali yozganidek, u «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi orqali Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushiga jalb etilgan, keyinchalik esa Afrikaning Mali davlatida ham shu guruh tarkibida yollanma askar sifatida xizmat qilgan.
Sud materiallariga ko‘ra, Praliyev 2022-yil kuzida Rossiya tomonidan verbovka qilingan va o‘sha yil noyabridan boshlab Ukrainadagi jangovar harakatlarda qatnashgan. U aloqa mutaxassisi sifatida xizmat o‘tagani, Baxmut uchun bo‘lgan janglarda ishtirok etgani va Rossiya hududida bir qancha medallar bilan taqdirlangani qayd etilgan. 2023-yilda Praliyev Qozog‘iston fuqaroligini saqlagan holda Rossiya pasportini ham qo‘lga kiritgan.
Jurnalistlar ma’lumoticha, Praliyev 2024-yilda ham «Vagner» faoliyati doirasida Maliga yo‘naltirilgan. Bu Yevgeniy Prigojin isyonidan keyin guruhning Kremlga sodiq qismi Afrikaga ko‘chirilgani bilan bog‘liq. Ular u yerda 2025-yil iyunigacha xizmat qilgani aytilmoqda.
Timur Praliyev Qozog‘istonda «xorijiy qurolli mojarolarda ishtirok etish» jinoyati bo‘yicha aybdor deb topilib, 5-yilga qamaldi. Orda’ning ta’kidlashicha, bu — ushbu modda bo‘yicha eng kam jazo. Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 172-moddasi bunday holatlarni «yollanma faoliyat alomatlarisiz» sodir etilganda qo‘llanishini belgilaydi; yollanma shaxs to‘g‘ridan to‘g‘ri Rossiya Jinoyat kodeksining 170-moddasiga muvofiq javobgarlikka tortilishi ko‘rsatilgan, ammo Qozog‘iston amaliyotida bu normaning qo‘llanishi hozircha qayd etilmagan.
Bu ish Qozog‘iston rasmiylarining fuqarolarning xorijiy harbiy tuzilmalarga qo‘shilishiga nisbatan qat’iy pozitsiyasi saqlanayotganini yana bir bor ko‘rsatdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar