80 ming odam yashaydigan kema-shahar: kelajak allaqachon boshlanmoqda

Dunyoda ilk bor ulkan miqyosdagi suzuvchi kema-shahar qurilishi rejalashtirilmoqda. Loyihaga ko‘ra, uzunligi 1,5 kilometrga yetadigan bu gigant inshoot oddiy kema emas, balki haqiqiy “suzuvchi mamlakat” bo‘lishi kutilmoqda.
Mazkur kema-shaharda yashash uchun barcha sharoitlar yaratiladi: maktablar, kollejlar, stadion, banklar, savdo markazlari, restoranlar va hatto kichik aeroport ham bo‘ladi. Bu esa aholiga quruqlikka chiqmasdan turib, to‘liq hayot kechirish imkonini beradi.
Loyiha amerikalik muhandis Norman Nixon g‘oyasiga asoslangan bo‘lib, hozirda uni amalga oshirish uchun investorlar jalb qilinmoqda. Taxminiy qiymati 16 milliard dollarga baholanayotgan ushbu mega-loyiha amalga oshsa, u tarixdagi eng yirik suzuvchi inshootlardan biriga aylanadi.
Rejaga ko‘ra, kema-shaharda 50 ming doimiy aholi istiqomat qiladi, yana 10 ming turist va 20 ming ekipaj a’zolari ham joylashishi mumkin. Eng qiziq jihati shundaki, bu “suzuvchi shahar” aholisi dunyo bo‘ylab sayohat qilgan holda yashash, ishlash va ta’lim olish imkoniga ega bo‘ladi.





























Izohlar 0
…