G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha bir qator kelishuvlarga erishildi. Kelishuvdagi asosiy shartlarga ko‘ra, Isroil hukumati tasdiq berishi bilan harbiy harakatlar darhol to‘xtatiladi.
Kelishuv doirasida HAMAS tirik qolgan taxminan 20 nafar garovdagi shaxsni ozod qiladi. Isroil esa javoban 1 700 nafarga yaqin falastinlik mahbuslarni, jumladan 250 nafar umrbod qamoqqa hukm etilganlarni ozod etadi.
Shuningdek, Isroil mudofaa kuchlari 72 soat ichida G‘azo ichidagi “kelishilgan chiziq” orqasiga chekinadi. BMT va Qizil Yarim Oy jamiyati yordamida insonparvarlik yordam yo‘laklari ochiladi. Qatar, Misr, Turkiya va AQSH esa kelishuv ijrosini muvofiqlashtiradi.
Shu bilan birga, hali ham ikki muhim masala yechilmagan: Isroilning aniq chekinish chizig‘i tasdiqlanmagan va sulhdan keyin G‘azo hududini kim boshqarishi noma’lumligicha qolmoqda.
Isroil va HAMAS o‘rtasidagi kelishuvda garovdagi shaxslar almashinadi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar