date

Vladimir Putin Rossiyada mehnat migrantlari haqida gapirdi

Vladimir Putin Rossiyada mehnat migrantlari haqida gapirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Dushanbe shahrida jurnalistlar bilan suhbat davomida mamlakatda ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyoj, migrantlar faoliyati va qonunlarga rioya etish masalasi haqida fikr bildirdi.

Uning ta’kidlashicha, Rossiya bugungi kunda turli sohalarda mehnat resurslariga ehtiyoj sezmoqda, ammo bu jarayon tartib va qonun doirasida amalga oshirilishi zarur.

“Rossiya ishchi kuchiga qiziqish bildirmoqda, ammo u bizning ehtiyojlarimizga mos kelishi muhim. Shu bilan birga, mehnat migrantlari inson sha’niga mos sharoitda yashashi va qonun-qoidalarimizga qat’iy rioya qilishi shart. Men har doim ular qonunga itoatkor bo‘lishi kerakligini ta’kidlayman”, — dedi Putin jurnalistlar savollariga javob berib.

Davlat rahbari shu bilan birga bu sohadagi ayrim muammolarga ham to‘xtalib o‘tdi.

“Albatta, muammolar mavjud. Rossiya fuqarolari ham ba’zi holatlarga e’tibor qaratishmoqda. Avvalo, biz o‘z vatandoshlarimiz manfaatini inobatga olishimiz lozim”, — deb qo‘shimcha qildi u.

Rossiya yetakchisi 9-oktyabr kuni Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan o‘tkazilgan muzokaralar yakuni bo‘yicha ham fikr bildirdi. Uning aytishicha, hozirda Rossiya hududida bir milliondan ziyod Tojikiston fuqarosi yashab, turli sohalarda mehnat qilmoqda.

“Ular qurilish, uy-joy kommunal xo‘jaligi, transport va logistika kabi faol rivojlanayotgan tarmoqlarda ishlab kelmoqda. Bu odamlar Rossiya iqtisodiyoti o‘sishiga katta hissa qo‘shmoqda”, — dedi Putin.

Prezident, shuningdek, Rossiya hukumati mehnat migrantlari uchun munosib mehnat va yashash sharoitlarini yaratish bo‘yicha ishlar olib borayotganini ham ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat nafaqat ishchi kuchidan foydalanish, balki ularning qonuniy va insoniy sharoitda faoliyat yuritishini ta’minlashni ham muhim vazifa deb biladi.

Shu tariqa, Kreml rahbari Rossiya mehnat bozori ochiq ekanini, ammo tartib va qonunga rioya qilish birinchi o‘rinda turishini yana bir bor eslatdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Vladimir Putin Rossiyada mehnat migrantlari haqida gapirdi