date

G‘azoda tinchlik nafasi

G‘azoda tinchlik nafasi
G‘azoda sulh kuchga kirgach, minglab falastinliklar vayron bo‘lgan uylariga qayta boshladi. Isroil qo‘shinlari kelishuvga muvofiq shaharlardan chiqishni boshlaganini bildirdi.

AQSh prezidenti Donald Tramp bu tinchlikni “katta qadam” deb atadi. U yaqin kunlarda Isroil va Misrga tashrif buyurib, G‘azo bo‘yicha xalqaro sammit o‘tkazishni rejalashtirganini aytdi.

Tramp rejasiga ko‘ra, G‘azoda xalqaro “Tinchlik kengashi” tashkil etilishi mumkin. Ammo Hamas bunga qarshi chiqib, G‘azo faqat falastinliklar tomonidan boshqarilishi kerakligini ta’kidladi.

Kelishuvga ko‘ra, Hamas 20 isroillikni ozod etadi, Isroil esa 250 mahkumni qo‘yib yuboradi. Shuningdek, G‘azoga oziq-ovqat va dori-darmon ortilgan yuk mashinalari kiritila boshlandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » G‘azoda tinchlik nafasi