date

Meksikada suv ofati: 27 kishi halok bo‘ldi

Meksikada suv ofati: 27 kishi halok bo‘ldi
Meksikada kuchli yomg‘irlar va sel toshqinlari kamida 27 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi. Yomg‘irlar bir necha hududlarda yer ko‘chkilari va suv toshqinlarini keltirib chiqardi.

Hidalgo shtatida 16 kishi halok bo‘ldi, mingga yaqin uy va ko‘plab maktablar zarar ko‘rdi. Puebla va Verakruz shtatlarida ham o‘lim holatlari qayd etildi, bir necha kishi bedarak yo‘qolgan.

Prezident Klaudiya Sheynbaum aholini himoya qilish uchun yo‘llar ochilayotgani va elektr ta’minoti tiklanayotganini bildirdi. Qutqaruvchilar suv bosgan hududlarda aholiga yordam bermoqda.

Meksika mudofaa vazirligi 5 mingdan ortiq harbiy xodimni safarbar qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Meksikada suv ofati: 27 kishi halok bo‘ldi