AQSHning Texas shtatida joylashgan Fort-Uort shahri yaqinida yengil motorli samolyot fojeali ravishda quladi. Hodisa natijasida kamida ikki nafar inson halok bo‘lgani ma’lum qilindi.
Bu haqda Dallas Morning News nashri xabar bergan. Manbaga ko‘ra, havo kemasi sanoat hududidagi avtoturargohga kelib tushgan va u yerdagi ayrim jihozlarga urilgan. Zarba oqibatida samolyot yong‘inga chalingan.
Ma’lumot uchun, Milliy transport xavfsizligi kengashi ushbu voqeani tekshirishni boshlagan. Halokatga uchragan samolyot Beech King Air C90 turboprop modeli bo‘lib, u ikki nafar ekipaj a’zosi va besh nafar yo‘lovchi uchun mo‘ljallangan.
Ayni damda bortda necha kishi bo‘lgani va halokatning aniq sabablari hali ma’lum emas. Tekshiruv ishlari davom etmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar