date

Zelenskiy Odessa meri va Poluninni fuqarolikdan mahrum qildi

Zelenskiy Odessa meri va Poluninni fuqarolikdan mahrum qildi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bir qator shaxslarni mamlakat fuqaroligidan mahrum etdi. Bu haqda “Suspilne” nashri prezident devonidagi manbaga tayanib xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, fuqarolikdan mahrum qilinganlar orasida Odessa shahar meri Gennadiy Truxanov, sobiq xalq deputati Oleg Saryov va mashhur balet raqqosi Sergey Polunin ham bor.

"Ayrim shaxslarning Rossiya fuqaroligiga ega ekani aniqlandi. Shu munosabat bilan ularni Ukraina fuqaroligidan chiqarish to‘g‘risidagi farmonni imzoladim", — dedi Zelenskiy.

Eslatib o‘tamiz, oktyabr oyi boshlarida Odessada kuchli yomg‘ir oqibatida o‘n kishi halok bo‘lgan edi. Shundan keyin shahar aholisi mer Truxanovni fuqarolikdan mahrum etishni so‘rab, prezidentga yo‘llangan petitsiyani bir sutka ichida 25 mingdan ortiq kishi imzolagan.

Gennadiy Truxanov esa ayblovlarni rad etib, Rossiya pasportiga ega emasligini va bu da’volar "siyosiy maqsadlarda ishlatilayotganini" ta’kidladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy Odessa meri va Poluninni fuqarolikdan mahrum qildi