
Hindistonning Kanpur shahridan 50 kilometr uzoqlikda Ajmerga yo‘l olgan poezdning 14 vagoni relslardan chiqib ketdi. Buning oqibatida 40 kishi jarohatlandi, deb xabar beradi Times of India'ga asoslanib Kun.uz sayti.
Hodisa temir yo‘lining ushbu qismida poezdlar qatnovini izdan chiqardi. Hukumatning xabar berishicha, taxminan 40 kishi jarohat olgan. Nashr manbasining ma’lum qilishicha, halokat sabablari noma’lum.
Voqea joyida qutqaruvchilar ish olib bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar