AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoydan import qilinadigan mahsulotlarga 100 foizlik bojlar uzoq davom etmasligini aytdi. U bunga Xitoyning noyob yer elementlari eksportiga qo‘yilgan cheklovlarini sabab qilib ko‘rsatdi.
Tramp o‘tgan hafta Xitoy mahsulotlariga 100 foizlik boj joriy qilganini e’lon qilgan edi. U bu chorani majburiy deb atadi va Xitoy bilan adolatli savdo kelishuvi zarurligini ta’kidladi.
Prezident ikki haftadan so‘ng Janubiy Koreyada Xitoy prezidenti Szi Szinpin bilan uchrashishini ham tasdiqladi.
Trampning bu bayonoti fond bozoridagi tushkun kayfiyatni yumshatdi. AQSh fond indekslari haftaning so‘nggi savdo kunida biroz o‘sishga erishdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar