Ispaniyada Halloven bayrami arafasida hayvonlar huquqini himoya qilish maqsadida qiziq qaror qabul qilindi. Kataloniya mintaqasidagi Terrassa shahrida qora mushuklarni vaqtincha asrab olish yoki boqish taqiqlandi. Bu haqda mahalliy hayvonlarni himoya qilish xizmati ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, har yili oktyabr oyining oxirida qora mushuklarni asrab olish bo‘yicha murojaatlar keskin ko‘payib ketadi. Biroq mutaxassislar ta’kidlashicha, bu holatning barchasi ham mehr-muhabbatdan emas. Aksincha, ayrim shaxslar bu hayvonlarni Halloven kechalaridagi ritual marosimlar, bezak yoki fotosessiyalar uchun olib, keyin tashlab yuborish holatlari uchramoqda.
Shu sababli shahar ma’muriyati va hayvonlar huquqini himoya qilish tashkilotlari 1-oktyabrdan 10-noyabrgacha qora mushuklarni asrab olish jarayonlarini vaqtincha to‘xtatishga qaror qilgan. Bu chora hayvonlarni ehtimoliy zo‘ravonlik va shafqatsiz munosabatlardan himoya qilishni ko‘zlaydi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Terrassa shahrida hozirda 10 mingdan ortiq boshpanasiz mushuk mavjud bo‘lib, ularning yuzga yaqini shahardagi maxsus markazlarda saqlanadi. Aynan qora rangli mushuklar soni yuqori bo‘lgani uchun ularni himoya qilish masalasi alohida ahamiyat kasb etgan.
Shahar hokimligi bu vaqtinchalik taqiq 10-noyabrgacha amal qilishi, shundan keyin asrab olish jarayonlari qayta yo‘lga qo‘yilishi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!