date

Turkmanistonda sobiq prezidentni tanqid qilgan yigit qamalish arafasida

Turkmanistonda sobiq prezidentni tanqid qilgan yigit qamalish arafasida

Rossiya hukumati Turkmaniston tomonidan berilgan so‘rovga asosan Ashxobodlik fuqarosi Saddam G‘ulomovni ekstraditsiya qildi. U sobiq prezident Gurbanguli Berdimuhamedov va hozirgi siyosiy rahbariyatni ochiq tanqid qilgan shaxslardan biri sifatida tanilgan.

G‘ulomov ijtimoiy tarmoqlarda Turkmaniston hukumatini mamlakatdagi oziq-ovqat tanqisligi, iqtisodiy bosimlar va fuqarolarni og‘ir turmush tarziga mahkum etgan siyosati uchun tanqid ostiga olgan. U shuningdek, hukumatning koronavirus pandemiyasi mavjudligini inkor etgani va epidemiyaga qarshi harakatlarni yashirgani bo‘yicha tanqidiy chiqishlar qilgan edi.

Ekspertlar fikriga ko‘ra, bu ekstraditsiya so‘z erkinligi bilan bog‘liq xavotirli holat sifatida baholanmoqda. Chunki u fuqaroviy tanqid uchun jazolanishi mumkin bo‘lgan davlatga qaytarildi.

G‘ulomovning yaqinlari va inson huquqlari faollari uning xavfsizligidan jiddiy xavotirda. Ular xalqaro tashkilotlardan bu ishni nazoratga olishni so‘ramoqda.

Hozircha Turkmaniston rasmiylari bu ekstraditsiya yuzasidan ochiq izoh bergani yo‘q.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkmanistonda sobiq prezidentni tanqid qilgan yigit qamalish arafasida