date
views 6 271

Yahoo’ning nomi o‘zgarib, direktorlari “surgun” qilinmoqda

Yahoo’ning nomi o‘zgarib, direktorlari “surgun” qilinmoqda

Yaqin kunlarda Yahoo kompaniyasining nomi Altaba deb o‘zgartiriladi. Shundan so‘ng, kompaniya aksiyalarining Yahoo nomi bilan atalgan vaqtdagi rahbarlari o‘z lavozimlarini tark etishadi. Bu haqda “USA Today”ga asoslanib “Qalampir.uz” xabar qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu Yahoo kompaniyasining aksiyalari Verizon Communications Inc. xoldingiga sotib yuborilgach, sodir bo‘ladi. Yaqin 3 oy ichida imzolanishi kerak bo‘lgan ushbu kelishuvning bahosi qariyb 5 milliard AQSh dollari, deb baholanmoqda.

Xabarda keltirilishicha, rahbarlar orasida Yahoo kompaniyasi direktori Marissa Mayer, shuningdek, direktorlar kengashi raisi Meynard Uebb щz lavozimini tark etadi. Tashkilotning yangi rahbari etib Erik Brandt tayinlangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yahoo’ning nomi o‘zgarib, direktorlari “surgun” qilinmoqda