17:31 / 12.01.2017
10 240

Rossiyada ikki yoshli bolaning ismi Rasuldan Putinga almashtirildi

Rossiyada ikki yoshli bolaning ismi Rasuldan Putinga almashtirildi

Vladimir viloyatidagi (Rossiya) Aleksandrov tumanida istiqomat qiluvchi oila o‘zining ikki yoshli farzandi Rasulning ismini Putinga o‘zgartirdi. Bu haqda RIA "Novosti"ga asoslanib Kun.uz xabar berdi.

Agentlik suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, FHDYoga ikki yoshli o‘g‘li Rasulning ismini o‘zgartirish istagini bildirgan Jo‘raevlar oilasi murojaat qilgan. Bolaning ota-onasi uning ismini Putinga o‘zgartirishga qaror qilishgan.

"Bola Moskva shahrida tug‘ilgan va shu erda ro‘yxatga olingan. Biroq Vladimir viloyatida yashaydi, shu bois oila vakillari uning ismini o‘zgartirish uchun bizga murojaat qilishga haqlidirlar... Biz bu borada Moskvaga so‘rov yubordik, u erda mutaxassislar hujjatlarga o‘zgarish kiritishdi va bizga tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaning yangi nusxasini yo‘llashdi. Bola hujjatda Putin Jahongirovich Jo‘raev, deya qayd etildi", - dedi FHDYo rahbari.

Mahalliy OAV ma’lumotiga ko‘ra, Jo‘raevlar oilasi asli Tojikistondan. Ular Aleksandrov tumanidagi Legkovo qishlog‘ida yashaydilar. Bolaning ismini o‘zgartirish g‘oyasi uning RF prezidentini qattiq hurmat qiluvchi bobosidan chiqqan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada ikki yoshli bolaning ismi Rasuldan Putinga almashtirildi