
Eron hukumati poytaxtni ko‘chirish rejasidan voz kechdi. Endi Tehron suv tanqisligini yangi texnologiyalar orqali hal etishni maqsad qilmoqda, deb xabar berdi Tasnim News.
Prezidentning dengiz resurslarini boshqarish bo‘yicha vakili Ali Abdulalizoda ma’lum qilishicha, Fors ko‘rfazidan Tehronga suv yetkazib berish loyihasi to‘liq amalga oshirilgan. Mintaqaviy ahamiyatga ega bu loyiha mamlakat mutaxassislari tomonidan yaratilgan va hozirda poytaxt uchun yagona ishonchli ichimlik suvi manbai sifatida qaralmoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumatning yakuniy rejasi — Tehrondagi suv va ekologiya bilan bog‘liq muammolarni yangi texnologiyalar hamda resurslarni samarali boshqarish orqali yechishdan iborat.
Hozir poytaxtda beshta katta suv ombori mavjud bo‘lib, ular orqali shahar aholisi ichimlik suvi bilan ta’minlanadi. Biroq ularning aksari hozir abgor holatda ekani ma’lum qilingan. Shu sababli 9 noyabrdan boshlab kechasi suv bosimi pasaytirilmoqda.
Mutasaddilar ma’lumoticha, suv zaxiralarining qisqarishi bu yil kuzatilgan so‘nggi 60 yildagi eng kuchli qurg‘oqchilik va issiq to‘lqinlar bilan bog‘liq. Ammo ekspertlar bu inqirozning asosiy sababini suv resurslarini samarasiz boshqarish va qishloq xo‘jaligidagi islohotlarning sustligi bilan izohlamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.