date

Omskda shifokorlar ayolning ko‘zidan tirik qurt olib chiqishdi

Omskda shifokorlar ayolning ko‘zidan tirik qurt olib chiqishdi

Rossiyaning Omsk shahrida voqea shifokorlarni ham, bemorni ham hayratga soldi. Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, mahalliy shifokorlar ayolning ko‘zidan tirik parazit — jonli chuvalchangni olib tashlashga muvaffaq bo‘lishdi.

Ma’lumotga ko‘ra, bemor tez yordam bo‘limiga “qoshim ostida nimadir qimirlayotgandek his qilyapman” degan shikoyat bilan murojaat qilgan. Oftalmolog tekshiruv o‘tkazganida, haqiqatan ham ko‘z tagida harakatlanayotgan tirik parazit aniqlangan. Shifokor parazitni ehtiyotkorlik bilan olib tashlab, bemorga infeksiya bo‘limiga murojaat qilishni tavsiya etgan.

Keyinchalik aniqlanishicha, ko‘zdan chiqqan parazit “dirofilyariya” deb ataluvchi turga mansub bo‘lgan. Bu parazit, odatda, kasal hayvonlardan chivinlar orqali odam tanasiga yuqadi. Tibbiyot xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, bu kabi holatlar har yili kamida uch-to‘rt marta qayd etiladi.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, dirofilyariya inson organizmida ko‘payish yoki jinsiy yetuklik bosqichiga yetolmaydi, shuning uchun u atrofdagilar uchun xavf tug‘dirmaydi. Biroq u inson tanasida kattalashib, 15–18 santimetr uzunlikkacha o‘sishi mumkin. Bu esa ko‘z yoki yuz atrofida sezilarli bezovtalik va og‘riqni keltirib chiqaradi.

Eslatib o‘tish joiz, shunga o‘xshash holat yaqinda Qozog‘istonning Chimkent shahrida ham sodir bo‘lgan. O‘sha yerda shifokorlar murakkab jarrohlik amaliyoti vaqtida 10 yoshli bolaning miyasidan o‘ndan ortiq parazit qurtni olib tashlashgan edi.

Shifokorlar fuqarolarni shaxsiy gigiyenaga amal qilish, hayvonlar bilan ehtiyotkor bo‘lish va chivinlardan himoyalanish choralarini ko‘rishga chaqirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Omskda shifokorlar ayolning ko‘zidan tirik qurt olib chiqishdi