
Kareliya Respublikasida Su-30 harbiy samolyoti ishtirokida navbatdagi fojia qayd etildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi rasman ma’lumot berdi.
Kecha Moskva vaqti bilan taxminan soat 19:00 da rejalashtirilgan o‘quv parvozi vaqtida Su-30 samolyoti nazoratdan chiqib, halokatga uchragan. Hodisa aholi yashamaydigan hududda ro‘y bergani qayd etilgan.
Mudofaa vazirligi aviaxodimlar hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmaganini ma’lum qilgan. Ekipaj a’zolari halok bo‘lgan.
Ma’lumotga ko‘ra, samolyot tarkibida o‘q-dorilar mavjud bo‘lmagan, parvoz o‘quv mashg‘uloti doirasida amalga oshirilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.