Rossiyada benzin navbatida ikki kishi vafot etdi

Rossiyada benzin navbatida ikki kishi vafot etdi

Rossiyada kuzatilayotgan yoqilg‘i tanqisligi ortidan ayanchli hodisalar yuz bermoqda. Mamlakatning turli hududlarida benzin quyish shoxobchalarida navbat kutayotgan ikki nafar keksa fuqaro vafot etgani xabar qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Perm o‘lkasida 80 yoshli erkak, Kareliyada esa 75 yoshli haydovchi yoqilg‘i quyish uchun uzoq vaqt navbat kutayotgan paytda hayotdan ko‘z yumgan. Ularning o‘limiga aynan nima sabab bo‘lgani yuzasidan rasmiy xulosa hozircha e’lon qilinmagan.

Mazkur hodisalar Rossiya bo‘ylab davom etayotgan yoqilg‘i tanqisligi fonida sodir bo‘lmoqda. Ayrim hududlarda haydovchilar benzin quyish uchun bir necha soatlab navbat kutishga majbur bo‘layotgani aytilmoqda.

Vaziyatdan xabardor manbalarga tayanib, Reuters agentligining yozishicha, Ukrainaning dron hujumlari oqibatida Rossiyadagi neftni qayta ishlash zavodlari quvvatining qariyb 40 foizi ishdan chiqqan. Mutaxassislar aynan shu omil mamlakatdagi yoqilg‘i ta’minotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatganini qayd etmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar