11:06 / 16.01.2017
6 981

Rossiya bilan AQSh yaqin do‘stga aylanishdi!

Rossiya bilan AQSh yaqin do‘stga aylanishdi!

So‘nggi paytlarda Amerika va Rossiya munosabatlari o‘ta sovuqlashib, bu omil nafaqat har ikki davlat, balki butun jahon siyosatida ham o‘z aksini topib borayotgandi. Dunyoning ikkiga bo‘linib qolinishi, har ikki davlat ta’sir doirasidagi mamlakatlarning bir-biridan uzoqlashib borayotgani sayyoramizga jiddiy xavf solayotgani sir emasdi.
Donald Trampning AQSh prezidentligi saylovlarida g‘alaba qozonishi konservativ qarashlarni ostin-ustun qilib yubordi. Hozirga qadar yirik tadbirkor va ishbilarmon sifatida tanilgan Tramp prezidentlik uchun kurashga kirgan ilk paytlardanoq Vladimir Putinning unga xayrixohlik bildirgani sezilgandi. Aynan shu omil, janob Trampning g‘alabasidan so‘ng dunyo siyosatiga o‘z ta’sirini o‘tkazishga intiladigan qora kuchlar uchun dastak vazifasini bajarib, berdi. Emishki, rus hukumati Xillari Klintonning prezident bo‘lishiga bor kuchi bilan halaqit berishga intilgan va Bu boradagi ishlarni amalga oshirish uchun shaxsan Vladimir Putin ko‘rsatma bergan. U Rossiya hukumati bilan birgalikda Donald Trampning g‘alabasi uchun bor kuchini sarflagan. Aynan shunday satrlar 6 yanvar kuni Amerikaning markaziy razvedka boshqarmasi (CIA), Milliy xavfsizligi agentligi (NSA) va Federal tergov byurosi (FBI) yaqinda o‘tkazilgan AQSh prezidentligi saylovlariga «Rossiya ta’siri»ga bag‘ishlangan qo‘shma bayonotidan o‘rin olganini qanday tushunish mumkin. Bu haqda biz 7 yanvar kuni e’lon qilingan tahliliy maqolamizda batafsil yozganmiz.
Amerikaning eng nufuzli kuch ishlatar tizimlari bayonotni berishga berib qo‘yib, uni isbotiga kelganda ma’lumotlar o‘ta maxfiyligi sababi bilan izohdan bosh tortishdi. Prezident Trampning o‘zi ham bu bayonotga istehzola munosabat bildirdi. Bo‘lar ish bo‘ldi. Rossiyaga nisbatan yangi saylangan prezidentda salbiy munosabat shakllantirishga intilganlar o‘z niyatlariga eta olmadilar. Donald Trampning saylovdagi g‘alabasidan keyingi ilk rasmiy matbuot anjumani 11 yanvar kuni tashkil etildi. Shunda u Rossiya va Amerika munosabatlariga rasmiy qarashini bayon etdi va bu munosabat ijobiy ekanligiga barcha amin bo‘ldi.
“Men uni halol inson deb hisoblayman. Ayni paytda Rossiya bilan munosabatlarimiz juda yomon. Lekin Rossiya bizga “IShID” bilan kurashda juda kerak. Buni uddasidan chiqamanmi, yo‘qmi bilmadimu, lekin Putin bilan yaxshi aloqalarni yo‘lga qo‘yishga umid qilaman” - degan edi Rossiya va Putin haqidagi savollarga javob berar ekan Tramp.
Bugun matbuotda Amerika tomonidan dunyoning har ikki gigant davlatlarining munosabatlari to‘g‘risida yana bir rasmiy munosabat bildirildi. AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp rus-amerika munosabatlariga yangicha qarash taklif etishga tayyor. Bu haqda saylangan Amerikaning saylangan vise-prezidenti Mayk Pens CBS telekanaliga bergan interyusiga ta’kidladi. Demak Rossiya va AQShni do‘st bo‘lishiga, yaqin hamkor bo‘lishiga ishonsak bo‘ladi. Bunday dadil fikrni ommaga singdirgan Trampga qoyil qolmay ilojimiz yo‘q. Bundan tashqari, Pens Tramp jamoasining “rossiyalik xakerlar” bilan aloqa o‘rnatganligi to‘g‘risdagi xabarlarni qat’iy rad etdi. Mana bu bayonot amerika kuch ishlatar tizimlari va mahfiy idoralari uchun haqiqiy zarba bo‘lgani tayin.
"Yangi saylangan prezident timsolida Amerika Qo‘shma Shtatlari va Rossiya o‘rtasida hozirgi kunda yuzaga kelgan o‘ta yomon munosabatlarni bartaraf etuvchi va o‘zaro aloqalarni yangi darajaga olib chiquvchi, Vladimir Putin va Rossiya bilan aloqalarni yaxshilash uchun ochiq bo‘lgan kishini ko‘rib turibmiz", - dedi vise-prezident Pens. Uning so‘zlariga qaraganda, Moskva bilan munosabatlarning iliqlashuvi har ikki davlat umumiy manfatlari uchun katta foyda bo‘ladi.
“Er yuzida tinchlik hukmron bo‘lishi uchun Rossiya va AQSh yarashishi kerak”, degandi AQShning sobiq Ittifoqdagi elchisi lavozimida ishlagan Jek Metlok o‘tgan yili katta anjumanda. Uning niyatlarini Tramp tomonidan amalga oshirilayotgani keng jamoatchilikni hursand qilmoqda.
Darhaqiqat, o‘zaro hamkorlik, ahamiyatga molik masalalarni birgalikda hal etilishi, dunyoning turli burchaklaridagi urush o‘choqlarini bartaraf etishdagi birdamlik sayyoramizda tinchlikni barqaror bo‘lishida muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari, bunday do‘stona aloqalar jahon iqtisodiyotini ham yangi bosqichga olib chiqadi.

Anvar Ikramov

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya bilan AQSh yaqin do‘stga aylanishdi!