Qirg‘izistonda yuk tashish samolyoti halokatga uchradi. Voqea davlat poytaxti Bishkekdan uncha uzoq bo‘lmagan Manas aeroportida, Toshkent vaqti bilan 7:31da yuz berdi.
Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, Boeing-747 yuk tashuvchi samolyotning qulashi oqibatida 32 nafar kishi hayotdan ko‘z yumgan. Ularning aksariyati layner qulagan shaharcha aholisidir. Halok bo‘lganlarning olti nafari bolalardir. Yana besh nafar kishi, ulardan biri bola, turli jarohatlar bilan kasalxonaga etkazilgan.
Hozircha bu fojia noqulay obu haqo sharoiti tufayli yuz bergani haqida taxmin qilinmoqda. Samolyot qulagan joyda kuchli yong‘in yuzaga kelgan, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, uni o‘chirishga muvaffaq bo‘lingan. 15 ta xususiy uylar er bilan bitta bo‘lgan. Samolyot Manasdagi aeroportdan 1,5-2 kilometr beriroqda qulagan. “Interfaks”ning Qirg‘iston Transport vazirligidan olgan xabariga ko‘ra, hozirgi ushbu aeroport yopilgan. Hozir fojia joyida barcha xizmatlar ishlamoqda. Samolyot ekipaji, ikki nafar uchuvchi va texnik xodimlarning taqdiri hozircha noma’lumligicha qolmoqda.
Bundan oldin Boeing-747 yuk tashish samolyoti Manas aeroportiga qo‘nish chog‘ida halokatga uchraganligi haqida xabar tarqalgandi. Ushbu samolyot Turkish Airlines kompaniyasiga tegishli bo‘lib, u Gonkogdan uchib kelayotgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi