
Portugaliyalik 40 yoshli superhujumchi Krishtianu Ronaldu AQSH prezidenti Donald Tramp bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan keyin ijtimoiy tarmoqlarda maxsus murojaat qoldirdi.
Futbol yulduzi o‘z bayonotida prezident va uning rafiqasi tomonidan ko‘rsatilgan diqqat va mehmondo‘stlikka alohida minnatdorlik bildirdi.
«Taklif uchun, shuningdek, siz va birinchi xonim tomonidan menga hamda bo‘lajak turmush o‘rtog‘im Jorjinaga namoyon etilgan samimiy e’tibor uchun rahmat, janob prezident. Har bir inson dunyoga ahamiyatli biror narsa bag‘ishlay oladi. Men esa yangi avlodlarni jasorat, mas’uliyat va barqaror tinchlikka asoslangan kelajak qurishga ruhlantirish orqali o‘z hissamni qo‘shishga tayyorman», — deya yozadi Ronaldu.
Futbolchi postida uchrashuv ijobiy ruhda o‘tgani, hamkorlik va ilhom manbalari haqida fikr bildirgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.