Vardavar — Armanistondagi eng quvnoq va yorqin bayramlardan biri

Vardavar — Armanistondagi eng quvnoq va yorqin bayramlardan biri

Armanistonda har yili yoz faslida nishonlanadigan Vardavar bayrami mamlakatning eng yorqin va quvnoq an’analaridan biri hisoblanadi. Ushbu kunda odamlar ko‘chalarda bir-birlarini suv bilan ho‘llab, bayramona kayfiyat ulashadi.

Vardavar Pasxa bayramidan 14 hafta o‘tib nishonlanadi va xristian an’analariga ko‘ra, Iso Masihning Qiyofasi o‘zgargan kuniga bag‘ishlangan diniy bayram bilan bog‘liq. Shu kuni Armanistonning deyarli barcha hududlarida katta-yu kichik bir-biriga suv sepib, ezgu tilaklar bildiradi.

Tarixchilarning ta’kidlashicha, Vardavarning ildizlari xristianlikdan ham oldingi davrlarga borib taqaladi. Ayrim manbalarga ko‘ra, bayram qadimgi ellinistik davrda muhabbat va go‘zallik ma’budasi Afrodita sharafiga o‘tkazilgan marosimlar bilan bog‘liq bo‘lgan. Keyinchalik u xristian an’analari bilan uyg‘unlashib, bugungi ko‘rinishini olgan.

Ochiq havoda odamlar bir-biriga chelaklarda suv sepib ko‘ngil ochmoqda.

Hozirgi kunda Vardavar nafaqat diniy, balki xalq sayli tusini olgan bayram sifatida ham nishonlanadi. Bu kunda ko‘chalar bayramona shovqinga to‘ladi, sayyohlar ham mahalliy aholi bilan birga suv sepish an’anasida ishtirok etadi. Shu tariqa Vardavar Armanistonda quvonch, hamjihatlik va yozgi kayfiyatni tarannum etuvchi eng sevimli bayramlardan biri sifatida e’tirof etiladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar