Sud qarori ijrosi ta’minlandi: fuqaro o‘z ish o‘rniga tiklandi

Majburiy ijro byurosi Samarqand shahar bo‘limi tomonidan sud hujjatining ijrosi to‘liq ta’minlandi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining 2026 yil 7 iyuldagi qaroriga asosan fuqaro M.S.ning foydasiga chiqarilgan ijro hujjati Byuroning Samarqand shahar bo‘limi ish yurituviga qabul qilinib, belgilangan tartibda ijro harakatlari olib borildi.
Sud qaroriga muvofiq, tibbiyot muassasasi zimmasiga da’vogarni terapiya bo‘limi mudiri, 0,5 shtat terapevt vrach hamda 0,25 shtat navbatchilik lavozimlariga ishga tiklash majburiyati yuklatilgan.
Majburiy ijro harakatlari natijasida sud qarori to‘liq va o‘z vaqtida ijro etilib, fuqaro M.S. avvalgi ish o‘rniga tiklandi.
Majburiy ijro byurosi tomonidan sud hujjatlarining qonuniy, to‘liq va o‘z vaqtida ijro etilishini ta’minlash borasida tizimli ishlar izchil davom ettirilmoqda.































Izohlar 0
…