Kirish testlari boshlanmoqda: abituriyentlar nimani bilishi kerak?

14 iyuldan O‘zbekistonda oliy ta’lim va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari start oladi. Imtihonlar 23 iyulgacha davom etadi.
Testlar har kuni ikki smenada o‘tkaziladi. Birinchi smena soat 08:00 da, ikkinchisi 15:00 da boshlanadi.
Abituriyentlar imtihonga borishdan oldin zarur hujjatlarni tayyorlab qo‘yishi kerak. Testga faqat pasport yoki ID-kartaning asl nusxasi hamda my.uzbmb.uz saytidan chop etilgan ruxsatnoma bilan kiritiladi.
Hujjatlarning nusxasi qabul qilinmaydi. Shuningdek, belgilangan vaqtdan kechikkan abituriyentlar ham test sinoviga qo‘yilmaydi.
Abituriyentlardan imtihon boshlanishidan kamida 1,5 soat avval test o‘tkaziladigan hududga yetib kelish so‘ralmoqda. Test sanasi yoki manzilini boshqa kunga ko‘chirish imkoniyati yo‘q.































Izohlar 0
…