Xotirasi tiklangan erkak 45 yildan so‘ng uyiga qaytdi

1 daqiqa o'qish170
Xotirasi tiklangan erkak 45 yildan so‘ng uyiga qaytdi

Hindistonda 45 yil avval bedarak yo‘qolgan erkak kutilmaganda oilasi bilan qayta uchrashdi. Bu haqda “Times of India” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Rikhi nomi bilan tanilgan erkak Himachal-Pradeshning Sirmaur tumanidagi Nadi qishlog‘ida tug‘ilgan. U 1980 yilda uyidan chiqib ketgach, Haranada mehmonxonada ish boshlagan, ammo o‘sha yili yo‘l-transport halokatiga uchrab, bosh miya jarohati tufayli xotirasini yo‘qotib qo‘ygan.

Ota-onasi uni halok bo‘ldi deb o‘ylab, qaytib kelishiga umid qilmagan. Shundan keyin Rikhi Mumbayga ketib, Ravi Chaudhary nomi bilan yangi hayot boshlagan, uylanib oila qurgan va o‘tmishini butunlay unutgan.

Bir necha oy oldin yana jarohat olgach, uning bolalik xotiralari qayta jonlana boshlagan. Xotinining yordami bilan u o‘zining asl kelib chiqishini aniqlab, tug‘ilgan qishlog‘ini topishga muvaffaq bo‘lgan.

15 noyabr kuni erkak 1600 kilometr yo‘l bosib Nadi qishlog‘iga qaytdi va 45 yildan beri ko‘rmagan aka-ukalari, opa-singillari bilan ko‘rishdi.

Bu voqea Hindistonda katta hayrat va ehtirom bilan qarshi olinmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?