
Astanada Suriya bo‘yicha tinchlik xalqaro uchrashuvi doirasida Rossiya va Turkiya sha’feligi ostida Suriya hukumati va muxolifat vakillari o‘rtasida muzokaralar boshlandi, deb yozmoqda "Vodiymedia" sayti.
Uchrashuv Rixos mehmonxonasida bo‘lib o‘tmoqda va bu ularning birinchi bor yuzma yuz ko‘rishuvlaridir. Astanaga yakshanba kuni tashrif buyurgan Muhammad Allush boshchiligidagi muxolifat delegasiyasi tarkibidan o‘nga yaqin muxolifat guruhlari vakillari o‘rin olishgan. Suriya tomonidan muzokaralarda mamlakatning BMTdagi elchisi Bashar Ja’far va harbiy delegatlar ishtirok etishmoqda. Muzokaralar 30 dekabr kuni e’lon qilingan tinchlik sulhini mustahkamlashni ko‘zda tutadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar