date

AQSH 19 davlatdan kelganlarning grin kartalarini qayta tekshiradi

AQSH 19 davlatdan kelganlarning grin kartalarini qayta tekshiradi

AQSH ma’muriyati 19 davlatdan kelgan chet el fuqarolarining “grin karta”larini tubdan qayta tekshirish jarayonini boshlamoqda. BBC xabar qilishicha, bu qaror Oq uy yaqinida Afg‘oniston fuqarosi tomonidan amalga oshirilgan qotillik va otishma ortidan qabul qilindi. Hodisa 26-noyabrda sodir bo‘lib, Milliy gvardiyaning ikki harbiysi yaralandu, ulardan biri shifoxonada vafot etdi.

Prezident Donald Tramp hujumchini “hayvon” deb atadi va Afg‘onistondan kelgan migrantlarni qayta tekshirishni talab qildi. Chunki hujum sodir etgan erkak 2021-yil maxsus viza dasturi bilan AQSHga kirgan, ammo viza muddati tugaganidan keyin ham noqonuniy yashab yurgan.

AQSH Fuqarolik va immigratsiya xizmati rahbari Jozef Edlou prezident topshiriqni tasdiqlab, xavfli deb baholangan mamlakatlardan kelgan har bir grin karta egasi qayta ko‘rib chiqilishini aytdi.

Ro‘yxatda Afg‘oniston, Eron, Liviya, Sudan, Somali, Yaman, Kuba, Turkmaniston, Venesuela va yana bir qator mamlakatlar bor — jami 19 ta.

Edlouning ta’kidlashicha, “AQSHning xavfsizligini ta’minlash — eng ustuvor vazifa”. Tekshiruv qanday o‘tishi haqida hozircha batafsil ma’lumot berilmagan.

Ayni paytda, o‘tgan hafta AQSH Bayden davrida qabul qilingan barcha qochqinlar ham qayta tekshirilishini ma’lum qilgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » AQSH 19 davlatdan kelganlarning grin kartalarini qayta tekshiradi