date

Shisha ichidagi kurash – o‘rgimchak hayot uchun tirmashdi

Shisha ichidagi kurash – o‘rgimchak hayot uchun tirmashdi

Internetda keng tarqalgan video va suratda kichik bir o‘rgimchak shisha bokal ichida qolib ketganini ko‘rish mumkin. Bokal devorlari juda ham silliq va tik. O‘rgimchak bu vaziyatdan chiqish uchun to‘r qurishga kirishadi.

U uzun va spiral shaklidagi to‘rini qura boshlaydi. Bu orqali u bokal devoridan yuqoriga ko‘tarilishga harakat qiladi. Ammo yo‘l o‘rtalarida uning to‘ri tugaydi. Endi u pastga qayta olmaydi, yuqoriga chiqishga ham to‘ri yetmaydi.

O‘rgimchak shunday holatda – umid bilan qurgan to‘ri ichida — o‘rtalarda halok bo‘ladi. Uning kurashi, irodasi va hayot uchun kurashi insonlarga katta saboq bo‘ldi. Aksariyat foydalanuvchilar buni "o‘z orzusini qurish yo‘lida to‘xtab qolgan insonlar simvoli" deb baholashmoqda.

Bu hikoya shunchaki o‘rgimchak haqida emas – u inson irodasi va qiyin sharoitdagi kurash haqidagi metafora. Hayotda ham shunday holatlar uchraydi – kimdir to‘siqlardan o‘tadi, kimdir esa yarim yo‘lda to‘xtab qoladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Shisha ichidagi kurash – o‘rgimchak hayot uchun tirmashdi