14:37 / 29.01.2017
6 982

Dunyo tinchi uchun o‘ta muhim yangi sahifa

Dunyo tinchi uchun o‘ta muhim yangi sahifa

Vladimir Putin va Donald Tramp o‘rtasida 28 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan telefon suhbati ikki yirik davlatlar o‘rtasidagi yangi sahifani ochdi. Suhbat chog‘idagi ayrim faktlar rasmiy Kreml tomonidan ma’lum qilindi, deyiladi "Vodiymedia" da.
"Suhbat chog‘ida ikki tomon ham Rossiya va Amerika o‘zaro aloqalarini barqarorlashtirish va rivojlantirish borasida faol hamkorlik qilishga tayyorligini namoyish qildi. Eng asosiy xavf – xalqaro terrorizmga qarshi kurashda harakatlarni birlashtirish ustuvor maqsad qilib belgilangan. Prezidentlar Rossiya va Amerikaning IShID hamda Suriyadagi boshqa terroristik guruhlarni yo‘q qilish borasidagi harakatlarini muvofiqlashtirishni qo‘llab-quvvatlashdi", – deyiladi xabarda.
Shuningdek, davlat rahbarlari Arab-Isroil nizosi, Eron yadro dasturi atrofidagi va Koreya yarim oroliga oid vaziyatlar borasida so‘z yuritishdi.
"Bu va boshqa yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kelishib olindi", – deyilgan xabarda.
Bundan roppa-rosa ikki hafta burun matbuotda Amerika tomonidan dunyoning har ikki gigant davlatlarining munosabatlari to‘g‘risida yana bir rasmiy munosabat bildirilgandi. AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp rus-amerika munosabatlariga yangicha qarash taklif etishga tayyorligini ma’lum qilgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyo tinchi uchun o‘ta muhim yangi sahifa