
Turkiyaning Egey dengizi sohillarida 5,3 ballik zilzila ro‘y berdi. Bu haqda Kun nashri xabar qilmoqda.
Er silkinishi seshanba 7 fevral kuni tungi soat 02:24da yuz bergan. Zilzila markazi Chanoqqal’a viloyati Ezine shahridan 36,7 km janubi-g‘arbda, 6,8 km chuqurlikda joylashgan.
Avvalroq, Evropa O‘rta er dengizi seysmologiya markazi (EMSC) 6 fevral kuni ertalab Turkiyaning g‘arbiy sohilida 5,2 ballik er qimirlagani haqida xabar qilgan edi.
Chanoqqal’adagi zilzila Ayvajik shahri hududida 102ta uyning qulashiga sabab bo‘lgan. kamida 5 kishining jabrlangani xabar qilinmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar