19:10 / 07.02.2017
7 536

Rossiyada o‘zbekistonlik folbinlar sud qilinadi

Rossiyada o‘zbekistonlik folbinlar sud qilinadi

Moskva tuman prokuraturasi o‘zlarini ekstrasens deb ko‘rsatib odamlarni aldab ularning pullarini o‘zlashtirgan tovlamachilar guruhi bilan bog‘liq jinoyat ishini sudga jo‘natdi. O‘n kishidan iborat guruhga yoshi 22dan 44gacha bo‘lgan Rossiya, O‘zbekiston va Ukraina fuqarolari kirgan. Bu haqda Rossiya bosh prokuraturasiga asoslanib Sof.uz xabar berdi.

Tergovga ko‘ra, gumondorlar 2014 yil yanvardan 2015 yil oktyabrgacha Yaroslav viloyatida "ekstrasens" va "folbinlar" guruhini tashkil etishgan. Mijozlarni jalb etish uchun ular OAVda reklama joylashtirishgan.

Parapsixologiya, ekstrasensorika va tabiblik xizmatlari ostida ular maxsus seanslar yordamida mijozlarning barcha muammolarini hal qilishga ishontirib odamlarning pullarini olishgan. Soxta tabiblar telefon orqali fuqarolarni seanslarga yana kelishga hamda maxsus tumorlarni sotib olishga majburlashgan. Ularning so‘zlariga ishonmaganlarni esa yomon oqibatlar va hattoki o‘lim bilan qo‘rqitishgan.

Tovlamachilarning harakatlaridan jami 55 kishi jabr ko‘rgan. Ular mijozlarning jami 20 mln rubl pulini olishgan.

Guruh 2015 yil oktyabrda — uning tashkilotchilaridan biri Vladimir Kovalchuk va uning sheriklari operativ tadbir davomida qo‘lga olinganida fosh bo‘ldi. 2016 yil fevralda uning faoliyatiga chek qo‘yildi.

Ayni paytda sakkiz ayblanuvchi qamoqda saqlanmoqda, ikki nafar ayblanuvchiga esa uy qamog‘i jazosi qo‘llanilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada o‘zbekistonlik folbinlar sud qilinadi