AQShda Alaska Airlines styuardessasi Shelia Fedrik parvoz payti bort yo‘llovchilaridan biri o‘zini besaranjom tutayotganini payqab qoladi. Shelia Fedrik sarosimaga tushgan qizchani noodatiy kiyingan erkak bilan ko‘rgan zahotiyoq biron kulfatni sezganini aytgan. Jurnalistlar bilan suhbatda Shelia Fedrik, yonidagi erkak unga, hatto, gapirishga ham ruxsat bermayotganini fahmlaganini so‘zlab bergan. Bu haqda “The Sun” nashriga tayanib “Qalampir.uz” yozmoqda.
Gap shundaki, Fedrik bort hojatxonasida qizchaga yozuv qoldirib, uni hojatga chiqishiga ishora beradi. Styuardessa xonaga qayta kirganda, qiz javob qoldirib, yordamga muhtoj ekanligini yozgan. Aniqlanishicha, kizcha odamfurushlarning qurboniga aylangan ekan. Voqeadan xabar topgan styuardessa darhol kerakli choralarni ko‘rdi.
2011 yil yuz bergan hodisa Airline Ambassadors xayriya tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan ekipaj a’zolarini odam savdosiga qarshi kurashish mavzusidagi o‘quv mashg‘ulotlari payti oshkor etildi. Tinglovchilarga, odatda, qurbonlar tashvishli ko‘rinishi, yonidagi hamrohidan qo‘rqib turganligi bilan shubha uyg‘otishi haqida ma’lumot bildirib o‘tildi. Ba’zida, sherigi uning shaxsiy ma’lumotlarini bilmasligi mumkin, lekin uning o‘rniga javob berishga harakat qiladi, deyiladi saytda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi