
Italiya bosh vaziri Jorja Melonining xizmat safari chog‘ida olgan qimmatbaho sovg‘alarini auksion orqali sotish rejasi bekor qilindi. Sabab — savdoni o‘tkazishi kerak bo‘lgan auksion uyi jinoiy tergovga tortilgani.
Sotuvga qo‘yilishi rejalashtirilgan buyumlar orasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan hadya qilingan qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan marjon ham bor edi. Ushbu sovg‘a Melonining 2025 yil may oyida O‘zbekistonga rasmiy tashrifi vaqtida topshirilgan.
Italiya qonunchiligiga ko‘ra, bosh vazir xorijiy davlat rahbarlaridan olingan va qiymati 300 yevrodan oshadigan sovg‘alarni shaxsiy mulk sifatida saqlab qola olmaydi. Shuning uchun bunday buyumlar davlat tasarrufida saqlanadi va ochiq savdoga kamdan-kam chiqariladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bekor qilingan auksiondan taxminan 800 ming yevro tushum olinishi va mablag‘ning katta qismi xayriya maqsadlariga yo‘naltirilishi rejalashtirilgan edi. Endilikda bu tashabbus noma’lum muddatga qoldirildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.