
Afg‘onistonning Hilmond viloyatida xudkush-terrorchi tomonidan sodir etilgan portlash oqibatida kamida 11 inson halok bo‘ldi, 21 nafar kishi jarohatlandi. Bu haqda Kun xabar berdi.
Telekanal ma’lumotiga ko‘ra, portlash Lashkargoh shahrida mahalliy vaqt bilan 14.00da (Toshkent vaqti bilan 14.30) yuz bergan. Xudkush-terrorchi maxsus xizmat qo‘riqchilar otryadi yonida portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan mashinani portlatgan.
Guvohlardan birining xabar berishicha, maxsus xizmat mashinalariga ham zarar etgan.
Portlash uchun mas’uliyatni hozircha hech bir terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga olmagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar