Avstriya polisiyasi Adolf Gitler qiyofasida uning ona shahri bo‘lgan Braunau-am-Inn bo‘ylab sayr qilib yurgan erkakni qidirmoqda. Bu haqda "Oberösterreichische Nachrichten" nashriga tayanib Kun xabar bermoqda.
Gitler zamonidagi kostyum kiygan, diktatorga xos mo‘ylab va soch turmagiga ega yosh erkakni bir necha bor ko‘rishgan. Guvohlarning aytishicha, "soxta" Gitler 25-30 yoshlar atrofida. Shuningdek, u Gitler tug‘ilgan uy fonida suratga tushgan va kitob do‘konida Ikkinchi jahon urushi haqidagi jurnallarni varaqlagan.
Gitler qiyofadoshi tashrif buyuradigan barda u "Xarald Gitler" nomi bilan ma’lum.
Avstriya huquq-tartibot muassasalari bu vaziyatning barcha tafsilotlarini aniqlashtirmoqdalar va erkak jazolanishi mumkinligini aytishmoqda.
"Adolf Gitler shaxsini boshqalar ko‘z o‘ngida ulug‘lash – jinoyatdir", deb izoh berilgan bu holatga hududiy prokuraturada. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”