Tramp: Venesuelaga AQSH harbiylari joylashtirilishiga hojat yo‘q

AQSH prezidenti Donald Tramp Venesuela vitse-prezidenti Delsi Rodrigesga nisbatan AQSHning siyosatini izohlar ekan, agar Venesuela rahbari Vashingtonning talablarini amalga oshirsa, mamlakatga Amerika harbiylari joylashtirilmaydi, deb ta’kidladi.
Tramp New York Post gazetasiga bergan intervyuda, “Agar vitse-prezident bizning aytganimizni qilsa, AQSH harbiylariga ehtiyoj qolmaydi”, — deb aytdi. Shu bilan birga, AQSH prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Venesuela hukumati bilan bir necha marta muloqotlar olib borilgan va ular vaziyatni yaxshi tushunishadi.
Trampning bu bayonoti Venesuela bilan AQSHning munosabatlarini va mamlakatning siyosiy kelajagini belgilashda muhim o‘rin tutadi. Ilgarigi matbuot anjumanida esa, AQSH rahbari Venesuelaning demokratik kelajagi uchun ularga qo‘ldan kelgan barcha yordamni berishini, xo‘jalik va siyosiy boshqaruvni o‘z qo‘liga olishga tayyorligini bildirgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!