date

Alkogol savdosiga cheklovlar joriy etilishi mumkin. Qozog‘istonda!

Alkogol savdosiga cheklovlar joriy etilishi mumkin. Qozog‘istonda!

Qozog‘istonda alkogol iste’molini cheklash va spirtli ichimliklar savdosi ustidan nazoratni kuchaytirish masalasi kun tartibiga chiqdi. Majlis deputati Magerram Magerramovning ta’kidlashicha, spirtli ichimliklar jinoyatchilikning asosiy omillaridan biri bo‘lib qolmoqda va bu inson salohiyati yo‘qotilishiga olib kelyapti.

Tengrinews.kz xabariga ko‘ra, deputat Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga tayanib, og‘ir jinoyatlarning katta qismi mast holatda sodir etilishini aytgan: har ikkinchi qotillik, har uchinchi zo‘rlash va bezorilik, har to‘rtinchi talonchilik spirtli ichimlik ta’sirida yuz beradi. YTH va oilaviy zo‘ravonlik holatlarining yarmidan ko‘pi ham mastlik bilan bog‘liq ekani qayd etildi.

Deputat voyaga yetmaganlar bilan bog‘liq bunday holatlar haqida xabarlar ham tez-tez chiqishini, chakana savdo nuqtalari ko‘pligi esa nazoratni qiyinlashtirayotganini ta’kidladi. Shu sabab Qozog‘iston Xalq partiyasi fraksiyasi oldingi normalarni qayta tiklashni taklif qilmoqda: bolalar bog‘chalari va ta’lim muassasalaridan 100 metr masofada alkogol sotishni taqiqlash, shuningdek, spirtli ichimlik sotuvchi shoxobchalar sonini cheklash.

Bundan tashqari, alkogol mahsulotlarini majburiy raqamli yorliqlash, spirtli ichimliklarni faqat maxsus belgilangan joylarda sotish, chakana do‘konlarda 20:00 dan keyin, kafe-restoranlarda 22:00 dan keyin savdoni to‘xtatish hamda onlayn alkogol savdosini to‘liq taqiqlash taklif qilindi.

Qayd etilishicha, Qozog‘istonda hozirda 429 ta qishloq alkogoldan butunlay voz kechgan. Aqtobe viloyatida 33 ta, Qizilo‘rda viloyatida 18 ta qishloq hushyor turmush tarzini tanlagan. Atyrau viloyatining 53 ta qishlog‘ida esa alkogol savdosi taqiqlangan va so‘nggi ikki yilda bu hududlarda birorta ham huquqbuzarlik qayd etilmagan. Bu tajribani boshqa hududlarga ham kengaytirish rejalashtirilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Alkogol savdosiga cheklovlar joriy etilishi mumkin. Qozog‘istonda!