date

Ramzan Qodirov o‘g‘li Adam Qodirovni avtohalokatga uchragani haqidagi xabarni rad etdi

Ramzan Qodirov o‘g‘li Adam Qodirovni avtohalokatga uchragani haqidagi xabarni rad etdi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘g‘li — mintaqa Xavfsizlik kengashi kotibi Adam Qodirov ishtirok etgani aytilgan yo‘l-transport hodisasi haqida tarqalgan xabarlarni asossiz va “soxta tashviqot” deb baholadi.

Bu haqda u 9 fevral kuni respublika prokurori Arsan Adayev bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida ma’lum qildi.

Qodirovning ta’kidlashicha, bugun sun’iy intellekt orqali istalgan shaxsni turli soxta videolar yoki axborotlar bilan aldash mumkin.

«Mamlakat bo‘ylab 128 mingta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan, 13 ming 9 nafar odam halok bo‘lgan. Ammo bu holatlar deyarli muhokama qilinmaydi. Noma’lum manbalardan paydo bo‘lgan, Qodirovning o‘g‘li ishtirok etgani aytilgan avariya haqidagi xabar esa bir zumda jahon yangiliklarining birinchi sahifasiga chiqib ketdi», — dedi u.

Shuningdek, Ramzan Qodirov respublika hududida internet makonida sodir etilayotgan jinoyatlarga qarshi kurashish choralarini kuchaytirish rejalashtirilayotganini ham ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, soxta axborotlarga qarshi kurash masalasi alohida ahamiyatga ega bo‘lib, bu mavzu butun mamlakat uchun dolzarb sanaladi. Biroq Chechenistonga oid ishonchsiz xabarlar negadir doim ommaviy axborot vositalarida katta shov-shuvga sabab bo‘layotgani ham ta’kidlandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Ramzan Qodirov o‘g‘li Adam Qodirovni avtohalokatga uchragani haqidagi xabarni rad etdi