16:50 / 23.02.2017
7 841

Hindistonlik olimlar yangi mitti qurbaqalarni kashf etdi

Hindistonlik olimlar yangi mitti qurbaqalarni kashf etdi

Hindistonlik olimlar 5 yil davom etgan tadqiqotlardan so‘ng Nyctibatrachus oilasiga mansub yangi qurbaqalarni kashf etdi. Olimlarning tadqiqot natijalari PeerJ jurnalida e’lon qilindi, deb yozmoqda «Daryo» nashri.

Ushbu oilaga mansub vakillardan farqli ravishda yangi turdagi qurbaqalar o‘rmondagi barglar va botqoqdagi o‘simliklar yaqinidan topilgan. Yangi turdagi qurbaqalardan 4 tasi tanga yoki tirnoqqa sig‘adi.

Ma’lum bo‘lishicha, mitti qurbaqalar kichkina bo‘lgani uchun avval hech kimning e’tiboriga tushmagan, ammo ular ko‘payishda davom etavergan.

Yangi kashf etilgan qurbaqalar qaysi oilaga mansub ekanini aniqlash maqsadida olimlar ularning kelib chiqishini va DNKsini tahlil qilib chiqdi. Nyctibatrachus – tungi qurbaqalar oilasi sanaladi va unga mitti turdagi qurbaqalar ham kiradi.

Ushbu oilaga mansub bo‘lgan 28 turdagi qurbaqalarning uchtasining o‘lchami 1,8 santimetrdan oshmaydi. Endilikda mazkur oilaga mansub bo‘lgan qurbaqalar turi 35 taga etdi. Shulardan 20 foizi mitti qurbaqalar.

Mutaxassislarning baholashicha, ushbu turdagi qurbaqalar Hindistonda 70–80 million yil avval paydo bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonlik olimlar yangi mitti qurbaqalarni kashf etdi