date

«Nipax» virusi: Hindistonda karantin choralari kuchaytirildi

«Nipax» virusi: Hindistonda karantin choralari kuchaytirildi

Hindistonda xavfli «Nipax» virusi bilan bog‘liq birinchi o‘lim holati rasman tasdiqlandi. Ma’lum qilinishicha, Kalkutta shahrida yashovchi yosh ayol ahvoli og‘irlashib, shifoxonaga yotqizilgan, keyinchalik komaga tushgan va shifokorlar sa’y-harakatlariga qaramay vafot etgan.

Ommaviy axborot vositalari tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, kasallikning keng tarqalishining oldini olish maqsadida yuzlab fuqarolar karantin choralariga olingan. Tibbiy kuzatuv kuchaytirilgan, ehtimoliy aloqada bo‘lgan shaxslar tekshiruvdan o‘tkazilmoqda.

Vaziyatga javoban bir qator davlatlar ehtiyot choralarini ko‘ra boshladi. Jumladan, Tailand hukumati Hindistondan kelayotgan yo‘lovchilar uchun aeroportlarda sanitariya nazoratini kuchaytirdi. Yo‘lovchilar virusga xos alomatlar bo‘yicha tekshirilmoqda.

Mutaxassislar holatni jiddiy baholab, aholini ehtiyot choralariga qat’iy rioya qilishga chaqirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » «Nipax» virusi: Hindistonda karantin choralari kuchaytirildi